Toshkent shahrining Yunusobod tumanida 72-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Mercedes-Benz rusumli avtobus piyodani urib yubordi.
Yashnobod tumanida noma’lum shaxs mushuklarni paketga solib, pod’ezdga olib kirib, qiynagan va ulardan birini o‘ldirgan. Poytaxtga IIBBga ko‘ra, ushbu shaxs aniqlandi. Hozirda mazkur holat bo‘yicha tergov oldi tekshiruvi o‘tkazilmoqda.
Magic City majmuasi qo‘riqchilari hamda gaz to‘ldirilgan sharlarni sotuvchi shaxslar o‘rtasida mojaro sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi doirasida 4 nafar gumonlanuvchi ushlangan, qolganlarini ushlash choralari ko‘rilmoqda.
31 oktabr kuni poytaxtning Yunusobod tumanida 7 kishi o‘rtasidagi kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqdi. Videolarda birinchi tomon avtomobilda qochmoqchi bo‘lganida ikkinchi tomon uning baloniga pichoq tiqqanini ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan bezorilik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Poytaxtda yozuvchi Nazir Safarovning barelefini o‘g‘irlaganlikda gumon qilingan ikki shaxs qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Toshkentda harakatdagi avtomobil eshigiga osilib va avtomashina salonidan chiqib operatorlik qilgan fuqarolarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yashnobod tumanida “Lada 11184” avtomashinasi velosipedchini urib yubordi. Jabrlanuvchi tan jarohati olib vafot etdi.
Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari — IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimiga Dilmurod Mirsodiqov tayinlandi.
Toshkent shahar IIBB Toshkent shahrida “Hizb ut-Tahrir” terroristik tashkiloti a’zolari sifatida gumon qilingan shaxslar ushlanib, qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Hozirda tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Toshkentning Chilonzor tumanida YPX xodimlari haydovchiga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik to‘g‘risidagi bayonnomani tuzayotganida janjal sodir bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Terrorchilik tashkilotlari bilan aloqada bo‘lgan 7 nafar shaxsni qidirish jarayonida ular bilan aloqada bo‘lgan 100 nafarga yaqin kishi so‘roq qilingan. Ulardan bir nechtasida taqiqlangan materiallar aniqlangan. Ulardan biriga nisbatan jinoiy ish ochilib, yana 10 nafariga ma’muriy jazo chorasi tayinlangan.
Qalampir.uz jurnalisti Feruza Najmiddinovaga tuhmat qilish uchun tarqatilgan videoda rasmiy nikohdagi er-xotin, chet el fuqarolari bo‘lganligi ma’lum qilindi. Ularning harakatida qonun buzilish holatlari aniqlanmagan. Videolavhani yasab, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish orqali jurnalistning obro‘sini to‘kishga qilingan harakat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida 61 yoshli piyodani yuk mashinasi urib yuborishi oqibatida voqea joyida vafot etdi.
Toshkentning Yunusobod tumanida Nexia-2 avtomashinasi piyodani urib yubordi. Yigit olgan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi.
O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.
Toshkentdagi masjidlardan birida janjal ko‘tarib, jamoat tartibini buzgan fuqaro 15 sutkaga qamaldi. Shuningdek, uning Facebook`dagi sahifasida diniy aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar borligi gumon qilinib, unga nisbatdan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
73 yoshli kishiga qarshi kuch ishlatganlikda ayblangan Toshkent shahar IIBB PPX sobiq xodimlariga sud hukmk o‘qildi. Ular 2 yil muddatga Ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilindi va besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi qo‘llanildi.
Jahongir Otajonovning davlat organlari xizmatchilariga nisbatan haqoratomuz video chiqishlarida tuhmat va haqorat qilish alomatlari mavjud bo‘lgani sababli, holatga tegishli tartibda huquqiy baho beriladi. Ma’lum qilinishicha, Jahongir Otajonov o‘z chiqishlari orqali yaqinlarining huquqbuzarliklarini yashirish, o‘zining maishiy muammolariga omma e’tiborini tortishga uringan.
Toshkentda 24 yoshli kar-soqov bo‘lgan ayolni kaltaklab, tan jarohati yetkazgan shaxs qo‘lga olindi. Jabrlanuvchiga himoya orderi berildi.
Toshkent shahrining «Vodnik» dahasidagi bolalar maydonchasida 8 yoshli bolaning o‘limi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Mahkamlanmagan arg‘imchoq ustuni bolaning ustiga qulab tushgan. Otasining ta’kidlashicha, obodonlashtirish xizmati xodimlari obodonlashtirish ishlari paytida maydonni tegishli me’yorlar asosida to‘sishmagan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting